Arteta: Qilayotgan ishingizga e’tibor qarating va qo‘lingizdan kelganicha harakat qiling

  • 5 mart, 12:56
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Mikel Arteta "Arsenal"ning PSV ustidan qozongan yirik g‘alabasi (7:1) haqida fikr bildirdi. 

"Chempionlar ligasida jarima zarbasi qanchalik muhimligi haqida gapirmoqchiman. Bugungi o‘yin buning yorqin misolidir. 

Yigitlar uchun juda xursandman. So‘nggi ikki o‘yinda birorta ham gol ura olmadik va bu borada ko‘plab shov-shuvlar bo‘ldi. Bugun biz ajoyib gollar urdik. 

Futbolning go‘zalligi ham shunda. Qilayotgan ishingizga e’tibor qarating va qo‘lingizdan kelganicha harakat harakat qiling. Nima bo‘lishini hech kim bilmaydi. 

Biz sevadigan va ko‘p yillar o‘tkazib yuborgan turnirimiz doirasida mehmondagi ajoyib g‘alaba. Bu biz uchun o‘zgacha kechadir",
- dedi Arteta. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!