Arteta “Real” oʻyinchisini “Arsenal”ga chaqiryapti
Madridning “Real” klubi chap qanot himoyachisi Alvaro Karreras Londonning “Arsenal” klubi qiziqish doirasiga tushdi.
23 yoshli futbolchini shaxsan “to‘pchilar” bosh murabbiyi Mikel Arteta o‘z jamoasida ko‘rishni istamoqda. El Nacional ma’lumotiga ko‘ra, murabbiy uni “Real”ga qaraganda ko‘proq o‘yin amaliyoti berishiga ishontiryapti.
Angliya klubi yaqin transfer oynasida himoyaning chap qanotini kuchaytirishga qat’iy qaror qilgan.
Alvaro Karreras o‘tgan yil iyul oyida “Benfika”dan 50 million yevro evaziga “Real”ga o‘tgan edi. Transfermarkt portali futbolchining bozor qiymatini 60 million yevro deb baholamoqda.
Ispaniyalik futbolchining “Real” bilan shartnomasi 2031 yilgacha amal qiladi. Bu esa, “kanonirlar” transferni amalga oshirishga qaror qilsa, yaxshi xarajatga tayyorgarlik ko‘rishidan dalolat beradi.

Fikrlar