Arteta uchun "Arsenal"ning asosiy transfer nishoni kim bo‘lishi aniq

  • 23 dekabr, 2019, 14:35
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Napoli” klubi forvardi Dris Mertens “Arsenal”ning qiziqishlar doirasiga kirib qoldi. Bu haqda The Mirror nashri xabar bermoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra 32 yoshli belgiyalik futbolchining xizmatlariga shaxsan “kanonirlar”ning yangi ustozi Mikel Arteta jiddiy qiziqish bildira boshlagan.

Ta’kidlash kerakki, Mertensning “Napoli” bilan amaldagi shartnomasi joriy mavsum yakuniga qadar imzolangan. Shu bois neapolliklar uni qishki transferlar davridayoq sotib yuborishlari mumkin.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Mertensga “Borussiya” Dortmund ham qiziqayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Ma’lumot uchun, Mertens joriy mavsum “Napoli” safida 21 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 9 ta gol hamda 2 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!