Artetaga "qariya" O‘zil kerak emas
Londonning "Arsenal" klubi rahbariyati germaniyalik yarim himoyachi Mesut O‘zilga yangi shartnoma taklif qilmadi.
ESPN nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, "kanonirlar" ustozi Mikel Arteta O‘zilning yoshi ulg‘ayib qolgani uchun uni jamoaning kelajak rejalariga kiritmayapti. “Arsenal” O‘zilni sotib yuborishga tayyor, ammo uning maoshi yuqori ekanligi bois xaridorlar chiqmayapti. Aytish kerakki, O‘zilning yillik maoshi 21 mln evroni tashkil etadi.
31 yoshli Mesut joriy mavsum “Arsenal” safida 23 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta gol hamda 3 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning londonliklar bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar