Artur: "Barsa"dagi holatimni tushunaman, lekin Braziliya termasida o‘ynash men uchun sharaf

  • 9 oktabr, 2019, 00:49
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" yarim himoyachisi Artur Braziliya terma jamoasi uchun o‘ynash unga sharaf ekanligini aytdi, garchi terma jamoa yig‘iniga borib, klubdagi asosiy tarkibni yo‘qotib qo‘yish xavfi bor bo‘lsa ham.

Tecno

"Men "Barsa"dagi o‘rnimni yo‘qotib qo‘yishim mumkinligini tushunaman. Lekin men uchun va har birimiz uchun Braziliya uchun o‘ynash bu sharafli va katta g‘ururdir. Bu men uchun shunday. Men kuchimni tejash niyatida emasman va terma jamoa uchun bor imkoniyatimni ishga solaman.

Jamoamiz futbolchilarning sog‘lig‘i uchun hamma narsani qilmoqda. Ular futbolchilar yaxshi holatda klublariga qaytishlari kerakligini tushunishadi," - dedi Artur.

Eslatib o‘tamiz, Braziliya terma jamoasi Senegal (10 oktyabr) va Nigeriyaga (13 oktyabr) qarshi o‘rtoqlik uchrashuvlarini o‘tkazadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Surxon turon
09/10/2019 08:02
Бизди фудболчилардаям шунақа ватан туйғуси бӯлганда хозир жч да ӯйнаган бӯлишарди