
Artur Beterbievdan navbatdagi nokaut. U barcha jangida muddatidan oldin g‘alaba qozongan (video)
Amerika Qo‘shma Shtatlarining Nyu-York shahrida bo‘lib o‘tgan boks oqshomi o‘z nihoyasiga etdi. Yarim og‘ir vazn toifasida (79,4 kg) WBC, IBF va WBO kamarlari uchun kechgan kechaning asosiy bahsida rossiyalik Artur Beterbiev amerikalik Jo Smit ustidan 2-raundda muddatidan oldin g‘alaba qozondi.
Beterbievning nokautlar seriyasi davom etmoqda. Uning janglar statistikasi 18-0 (18 nokaut) ko‘rinish olgan bo‘lsa, Smitda bu 28-4 (22 nokaut) ko‘rinishiga keldi.
Fikrlar