Artur Melo hech kimga kerak emasmi?

  • 18 dekabr, 2022, 07:32
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

"Liverpul" yarim himoyachisi Artur Melo jamoada qoladigan bo‘ldi.

Futbolchining agenti Federiko Pastorello buni "Tuttomercato" nashriga bergan intervyusida tasdiqlagan edi. Ammo uning keyingi taqdiri hamon so‘roq ostida qolmoqda.

Gap shundaki, braziliyali iste’dod sohibining jismoniy holati Yurgen Kloppga ma’qul kelmadi va mutaxassis uni darhol ortga qaytarib yuborish istagini bildirdi. Biroq bitim shartlarida Artur mavsumni Angliyada yakunlab qo‘yishi belgilab qo‘yilgan.

O‘z navbatida, turinliklar boshqaruvida faoliyat olib borayotgan Massimiliano Allegri ham 26 yoshli futbolchiga ishonch bildirmayapti. Shu bois, Pastorello mijoziga yangi jamoa topishi lozim. Uning o‘zi bu borada shunday dedi:

"Agar Allegri keyingi mavsumda ham "Yuventus"da qolsa, biz boshqa klub izlaymiz. "Liverpul" shartnomani uzaytirsa ajoyib ish bo‘lardi",-dedi agent.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!