Artyom Filiposyan qaysi jamoa bilan shartnoma tuzganini bilasizmi?

  • 13 yanvar, 2022, 22:40
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yaqinda Artyom Filiposyanni “Bunyodkor” mashg‘ulotlariga qo‘shilgani xususida xabar bergandik. U erda ma’lum vaqt shug‘ullangan himoyachi yangi mavsumni qaerda boshlashini hal qildi.

Tecno

Sports.uz saytiga ma’lum bo‘lishicha, tajribali himoyachi “So‘g‘diyona”dan tushgan taklifni qabul qilib, ushbu klubga qo‘shilgan va bugun jamoa bilan bir yillik shartnomaga imzo chekdi. Shunday qilib, Artyom jizzaxliklarning to‘laqonli a’zosiga aylandi.

Filiposyan faoliyati davomida “Mash’al”, “Nasaf”, “Bunyodkor”, “Lokomotiv”, “Dinamo”, “Buxoro”, shuningdek, Xitoyning “Lyaonin”, Tailandning “Prachuap” hamda “Muangkan Yunayted” klublarida to‘p surgan. “So‘g‘diyona” esa uning faoliyatida yangi sahifa ochadi.

Futbolchi "So‘g‘diyona" jamoasi bilan shartnoma imzolaganini tasdiqladi va bu borada u bilan uyushtirilgan suhbatni tez orada hukmingizga havola qilamiz.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!