
Arveladze boshqaruvidagi “Paxtakor” Birinchi liga jamoasini mag‘lub etdi
Mavsumning ikkinchi davrasiga tayyorgarlikni davom ettirayotgan “Paxtakor” klubi Birinchi ligada ishtirok etuvchi “Lokomotiv-BFK” jamoasiga qarshi nazorat bahsida maydonga tushdi.
Ikki taymni ikki xil ko‘rinishda o‘tkazgan “sherlar” har ikkala bo‘limda raqib darvozasini 4 martadan ishg‘ol etishdi.
“Paxtakor”ning Toshkentdagi yig‘in 20 iyulga qadar davom etadi. So‘ng jamoa Turkiyaning Istanbul shahriga xorij yig‘ini uchun jo‘nab ketadi.
O‘rtoqlik o‘yini
“Paxtakor” – “Lokomotiv-BFK” 8:0
Gollar: Sergeev 8, Kanyuk 9, Ahmedov 17, Nurullaev 41, Hakimov 52, 80, 89, Ibrohimov 70.
"Paxtakor"(birinchi bo‘lim): Lobanov, Kozak, Simich, A’zamov, Hoshimov, Ahmedov, Bezerra, Kanyuk, Nurullaev, Karimov, Sergeev
"Paxtakor"(ikkinchi bo‘lim): Suyunov, Yo‘ldoshev, Ermamatov, Tojiev, Avilov, Ismatullaev, Jo‘raev, Yusupov, Ibrohimov, Sa’dillaev, Hakimov.
Fikrlar