
Arveladze Niderlandiya nashriga O‘zbekistonning barcha davrlardagi eng kuchli 2 jamoasi haqida gapirdi. Ular qaysilar?
Niderlandiyaning «Vice» nashri «Paxtakor» jamoasi bosh murabbiyi Shota Arveladze bilan telefon orqali bog‘langan holda suxbat tashkil etdi. Unda Arveladze Toshkentdagi faoliyatiga ham to‘xtalib o‘tdi.
- Biz jamoaga 2017 yili kelganmiz. Bu payt jamoa ligada 13 pog‘onada borardi. Men Evropadan tashqaridagi faoliyatga azaldan qiziqib yurardim. Bundan tashqari, «Paxtakor» haqida ham oz-moz ma’lumotga ega edim. Uzoq yillar avval «Dinamo» Tbilisi safida toshkentliklarga qarshi o‘ynaganman. Klub bir necha yillar mobaynida ancha kuchsizlangan. Ammo «Paxtakor» O‘zbekistonning barcha davrlardagi eng kuchli jamoasi. Ro‘yxatda bizdan keyin «Neftchi» turadi. Ular ikki yil avval quyi ligaga tushib ketishdi. Eshitishimcha, ushbu jamoalar o‘rtasidagi bahslar o‘tmishda juda murosasiz kechgan. O‘tgan mavsumda biz Superliga, kubok va liga kubogida zafar quchdik. Bu g‘alaba biz uchun juda muhim edi. Sababi, o‘tgan mavsum afsonaviy «Paxtakor» jamoasi aviahalokatga uchraganiga yili 40 yil avval bo‘ldi. «Dinamo» Minskka qarshi o‘ynab qaytayotgan 179 nafar ekipaj a’zolari halok bo‘lishgan. Ularning xotirasi uchun g‘alaba qozonish ishtiyoqi bizni olg‘a boshladi, - dedi Arveladze.
Fikrlar