
Arveladze "Shahr Xodro" va Derdiyok haqida gapirdi
OChL 2-turidan o‘rin olgan "Paxtakor" hamda "Shahr Xodro" jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv oldidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Uning ikkinchi qismida "sherlar" ustozi Shota Arvaledze qatnashdi.
"O‘ylashimcha, biz uchun o‘yin oson kechmaydi. Eron jamoalari jismonan baquvvat, himoyada tartibli futbol ko‘rsatishadi. Chempionlar ligasida oddiy jamoalar bo‘lmaydi. Raqib uchun ham o‘yinning ahamiyati juda yuqori. Dastlabki ikki uchrashuvni uyda o‘ynayapmiz, oxirgi turlarda esa safarda o‘ynaymiz. Shu sababli g‘alaba qozonish muhim. Muxlislar bizni yana faol qo‘llab turishlariga umid qilaman.
Derdiyokning jamoa uslubiga to‘liq ko‘nikib ketishi uchun vaqt kerak. Jismonan tayyor bo‘lgan holatda ham o‘yin va yigitlarga moslashib ketishi zarur.
Eron klublari bilan statistika foydamizga ishlashi bizga xalal qilmaydi. Bu umuman boshqa o‘yin. Biz ertaga yangi raqibga qarshi yangi bellashuvni o‘tkazamiz. Shu sababli bu hech kimni bo‘shashtirmaydi. Biz yaxshi o‘yin namoyish etish uchun chiqamiz", - dedi gruziyalik mutaxassis.
Fikrlar
Paxtakor 3:0 Shax
Paxtakor 3:0 Shax
Paxtakor 3:0 Shax