Asamoa rasman "Inter" futbolchisiga aylandi

  • 2 iyul, 2018, 22:33
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ganalik yarim himoyachi Kvadvo Asamoa faoliyatini Milanning “Inter” klubida davom ettiradigan bo‘ldi.

Tecno

“Neradzurrilar” rasmiy saytining xabar berishicha 29 yoshli futbolchi milanliklar bilan 2021 yilga qadar shartnoma imzolagan. Ta’kidlash kerakki, yaqindagina “Yuventus” bilan shartnomasi o‘z yakuniga etgan futbolchi “Inter” safiga mutlaqo tekinga, ya’ni erkin agent sifatida kelib qo‘shildi.

Ma’lumot uchun, Asamov “Yuventus” safida 2012 yildan buyon to‘p surib kelayotgan edi. U o‘tgan davr mobaynida turinliklar tarkibida jami 156ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 5ta gol yozdirib qo‘yishga erishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!