"Asia Auto Gymkhana Championship 2026" musobaqasining ikkinchi bosqichi yakunlandi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Toshkent shahrida "Asia Auto Gymkhana Championship 2026" musobaqasining ikkinchi bosqichi yakunlandi. Unda 8 mamlakatdan 32 nafar sportchi ishtirok etdi.

Musobaqaning barcha bahslari Chevrolet Onix avtomobillarida o‘tkazilib, ishtirokchilar uchun teng texnik sharoit yaratildi. Musobaqa yakuni bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi sportchilari bir qator sovrinli o‘rinlarni egalladi. Jumladan, Otabek Madaliev erkaklar o‘rtasida 2-o‘rin, Saminaxon Ahmadjonova ayollar o‘rtasida 1-o‘rin, Sabina Yusupova esa 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Juftlik bahslarida ham vakillarimiz muvaffaqiyatli qatnashib, erkaklar juftligida 3-o‘rin, ayollar juftligida 2-o‘rin va aralash juftlikda 2-o‘rinni egalladi.

Shuningdek, musobaqa yakunlariga ko‘ra O‘zbekiston terma jamoasi jamoaviy hisobda eng ko‘p ochko jamg‘arib, 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!