Asila Mirzayorova - Jahon chempioni! U Parij-2024 yozgi Paralimpiya o‘yinlariga ham litsenziyani qo‘lga kiritdi

TIGGO 2 PRO

Xabar berganimizdek, bugun Parij shahrida para engil atletika bo‘yicha jahon chempionati boshlandi. Quvonarlisi, ayollar o‘rtasida T11 klassida uzunlikka sakrash bahslarida yurtimiz sharafini himoya qilgan Asila Mirzayorova 5 metr 13 sm natija bilan eng yaxshi natijani qayd etdi va oltin medalni qo‘lga kiritdi.

E’tiborlisi, Tokio-2020 yozgi Paralimpiya o‘yinlari kumush medal sohibi hisoblangan Asila Mirzayorova jahon chempionatidagi ushbu natijasi orqali kelgusi yil Parijda bo‘lib o‘tadigan navbatdagi yozgi Paralimpiya o‘yinlariga litsenziyani ham qo‘lga kiritdi.

Bu para engil atletikachilarimiz orasida Parij-2024 Paralimpiya o‘yinlari uchun ilk litsenziya hisoblanadi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!