Asimovning noto‘g‘ri qarori, "Paxtakor" murabbiy bildirayotgan e’tirozlar va VAR. Diyor Imomxo‘jaev kecha bo‘lib o‘tgan Superliga uchrashuvlari haqida gapirdi

  • 18 avgust, 2022, 15:06
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 3
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston Professional futbol ligasi rahbari Diyor Imomxo‘jaev kecha bo‘lib o‘tgan “Paxtakor” — “Olimpik” va “Nasaf” — AGMK uchrashuvidagi hakamlik haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Nasaf” — AGMK o‘yini bo‘yicha savollarimiz va e’tirozlarimiz bor. Hakamlar markaziga buni bildirdik va o‘yinni ekspertlar guruhi o‘rganib chiqishini so‘radik. Agar bosh hakam o‘ziga ishonmayotgan bo‘lsa va VAR unga kerakli kadrni topib bera olmagan bo‘lsa, hammasini aniq ko‘rganiga ishonayotgan qanot hakamining fikrini eshitishi kerak emasmidi, degan savolni o‘rtaga tashladik. Fikrimcha, ikki kulminatsion nuqtada Asimov bir klub manfaatidan kelib chiqib, qaror qabul qilgandek. Biroq mening fikrim ham sizniki kabi sub’ektiv. Ishonamanki, ob’ektiv bahoni markaz beradi. 

“Paxtakor” — “Olimpik” o‘yini bo‘yicha hakamlarga hech qanday e’tirozimiz yo‘q. Yuqori templi va sifatli uchrashuv (futbolchilar xatolarini aytmasa). Jizzaxda maydon sifatsiz bo‘lsa, “Jar”da u gilam. Fikrimcha, muvaffaqiyatsizlikka sabab hakamlardan izlanishi kerak emas. Biz klublar murabbiylaridan mundialga chiqishimiz uchun nima qilishimiz kerak, deb so‘ramayapmiz. Klublar ham murabbiy bilan shu yo‘sinda shartnoma imzolaydi, deb o‘ylamayman. Murabbiy o‘z klubi uchun javob berishi kerak. To‘p “Olimpik” futbolchisining qo‘liga tekkan vaziyatda bemalol aytishim kerak — bu erda penalti yo‘q. Yaqin masofadan to‘pni kimdir sizga zarb bilan tepsa, siz ham o‘zingizni maksimal holatda shunday himoya qilasiz, himoyachi to‘pni qo‘li bilan qaytarishni emas, to‘pdan kamroq zarar ko‘rishni o‘yladi - IMHO. Qolgan ikki kulminatsion vaziyatda esa kamida “Paxtakor” foydasiga qaror chiqarildi, e’tiroz bildirsa, “Olimpik” bildirishi kerak. Ikkinchi klub xatoni boshqa erdan izlasin.

P.S. Hamma bir narsani tushunishi shart. Uchrashuvda asosiy narsa VAR emas, bosh hakam. Bosh hakam o‘ziga yuz foiz ishonsa, VAR chaqiruviga bormaslikka haqqi bor. VAR qizil deya shubha bildirsa, ammo bosh hakam bu fikrga qo‘shilmasa, qizil bermaslikka haqqi bor. Hakamlar qaror qabul qilayotganda aniq kriteriyalardan kelib chiqishi uchun maksimal darajada harakat qilinadi. Ammo siz-u biz kabi hakamlarning ham o‘z fikr va qarashlari bor. Buni tushunish kerak. VAR bosh hakamga yordamchi va har qanday holatda ham yakuniy qarorni bosh hakam qabul qiladi, VAR emas", — deydi Imomxo‘jaev o‘z telegram kanalida.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Mansurbek
18/08/2022 15:12
Xakamni ko‘zi ko‘r bo‘lsachi
&
Shaymardonov Nurbek Nasimovich
18/08/2022 15:45
Foydasi yuq. kupi bilan. 3 uyin quyilmaydi u vaqt bulsa. Sudiya Dubayga dam olib keladi. uzi kecha ham hilla yurudi maydonga imoklap yurudiki. semirib ketkan. u sudiyalar bola chaqasiga qanday. non tuz berarkan. uzidan uzi qiynalsa kerak qariganidan keyin
Жабборов Ахмаджон
18/08/2022 15:18
Жуда ҳам тўғри гап мурабий ўз ишини қилсин кеча келиб бугун ўзини кўрсатмасин шу пайтгача қаерда юрувди