Aslida Iliya Topuriya Oq Uyda Islom Maxachev bilan jang qilishi kerak edi, biroq...

  • 14.06.2026 20:09
  • Javohir Malikov
  • 0
  • MMA
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

MMA yulduzi Islom Maxachev engil vaznda amaldagi chempion Iliya Topuriya bilan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan, biroq yakunda bekor qilingan jang haqida gapirdi.

"Sen jim tursang-u, ular valaq-lashsa, odamlar internetdagi so‘zlarga ishona boshlaydi. Jangni qabul qil, deyishdi. Lekin shartnoma bo‘lmasa, qanday qabul qilaman?! To‘g‘ri, qo‘limda eski jarohat bor, lekin uni nafaqaga chiqqanimdan keyin operatsiya qildiraman. Hozir bu narsa janglarni to‘xtatish uchun sabab emas.

Istasangiz, menejerim bilan yozishmalarni ko‘rsatishim mumkin. U menga qo‘ng‘iroq qilib, Oq Uyda Topuriya bilan jangni taklif qilishyotganini aytdi. Darrov rozilik bildirdim! Ammo ertasi kuni Ali yana aloqaga chiqib, bahs bekor qilinganini aytdi. Sababini so‘rasam, Iliya juda katta gonorar so‘raganini aytdi.

"El-Matador"ning menejeri intervyu berib, bu to‘qnashuv uchun ularga kam pul taklif qilinganini, shuning uchun rad etishganini ta’kidladi. Biroq Iliya shunda ham xohlagan gapini gapirdi.

Ko‘pincha men javob bermaslikka, internetda janjallarga aralashmaslikka harakat qilaman, lekin bid’at tarqatilib, odamlar bu haqiqat ekaniga ishona boshlagach, jim turishning iloji yo‘q. Aslida, kaminada hech qanday jarohat yo‘q edi. Men hech qanday qo‘shimcha shartlarsiz ham jangga darhol rozi bo‘lgandim", - dedi rossiyalik "Red Corner MMA" nashriga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston vaqti bilan ertaga, tonggi soat 05:00 da "UFC White House" turniri start oladi. Kechaning markaziy qarama-qarshiligida Topuriya vaqtinchalik chempion Jastin G’etji bilan bahs yuritadi. Islom Maxachev esa 15 avgust kuni Filadelfiyada bo‘lib o‘tadigan "UFC 330" turnirida o‘z kamarini himoya qilishni rejalashtirmoqda.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!