Aslo bu jamoaga o‘tma!
Angliyalik sobiq futbolchi Darren Bent “Tottenxem” to‘purari Harri Keynga “Chelsi”ga o‘tmaslikni tavsiya qildi.
“Chelsi” bosh murabbiylikka Maurisio Pochettinoni olib kelmoqda. Argentinalik mutaxassis Harri Keynga ham ustozlik qilgan. Shu bois, Pochettino kelganidan keyin “aristokratlar” Harri Keynni transfer qilishi haqida xabarlar ko‘payib bormoqda.
O‘ylashimcha, “Chelsi” Harri Keynni olish uchun qo‘lidan kelganini qiladi. Agar Harri Keyn bu taklifga ko‘nsa, londonlik muxlislari uni hech qachon qabul qilmaydi, - dedi Darren Bent.
Bent bu transfer sababli 29 yoshli hujumchi bir zumda qahramondan xoinga aylanishi va “Tottenxem” muxlislarini o‘ziga qarshi qilib olishini ta’kidlamoqda.

Fikrlar