Asr o‘g‘irligi

  • 18 mart, 2020, 20:00
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

Biz sizga 39 yil oldin Ispaniya futbolida yuz bergan detektiv voqea haqida ma’lumot beramiz.

Tecno

Kini

1981 yil 1 mart sanasida “Barselona” “Erkules”ni qabul qildi. “Barsa” mehmon jamoa darvozasiga 6 ta gol urdi. Gollardan 2 tasi Kini nomi bilan mashhur Enrike de Kastro Gonsales hisobiga yozildi. O‘sha paytlarda Kini “Barsa” yulduzi Bernd Shuster bilan bir qatorda turardi.

Kini “Barselona”ga 1980 yilda kelgan edi. Kataloniyaliklar futbolchi uchun “Sporting”ga 82 mln peset to‘lagandi. 31 yoshli futbolchi uchun juda katta miqdordagi pul bu. Ammo Kini o‘sha paytda Pichichi sovrinining (Ispaniya chempionatining eng yaxshi to‘purari) 3 karra sohibi va terma jamoaning asosiy futbolchisi bo‘lgan. “Barselona” futbolchi uchun ancha payt kurash olib bordi va 80 yilning yozida o‘z maqsadiga erishdi. Kini “Barselona”dagi 30 ta o‘yinida 18 ta gol muallifiga aylandi.

Kini

Kini “Barselona”ga o‘tgach, turmush o‘rtog‘i va ikki farzandi Xixonda qolishgandi. Ular aynan mana shu mudhish tunda Barselonaga kelishga qaror qilishgandi. Kini ularni kutib olish uchun aeroportga chiqishi kerak edi. Ammo Mariya va farzandlari oila boshlig‘i ularni kutib olish uchun aeroportga chiqmaganini ko‘rishdi. Tez orada futbolchining tashlab ketilgan mashinasi topildi.

Kini mashinaga o‘tirgach, uning yoniga qog‘oz va ruchka ko‘targan ikki bola keladi. Futbolchi bajonidil dastxat qo‘yib berishga rozi bo‘ladi. Ammo shu payt orqasidan metall buyum bilan kimdir urganini his qiladi. Uning ortidan kelgan uchinchi kishi furgon ortidan yurishni buyuradi. Kini yalinishga tushadi. 25 kunlik azoblar shu tariqa boshlangan edi. 3 kun mobaynida politsiya futbolchini izlaydi. 4 kun esa “Barselona” ofisiga qo‘ng‘iroq bo‘ladi. Ular futbolchi uchun 100 mln peset va chempionlik sovrinidan voz kechishni talab qildi. “Ko‘k-anorranglilar” o‘sha paytda “Atletiko”dan 2 ochko ortda qolayotgandi. Keyingi o‘yin esa aynan Madrid jamoasi bilan bo‘lishi kerak edi. “Barsa” ortiqcha qarshiliksiz 0:1 hisobida yutqazadi, jamoa chempionlik poygasidan chekinadi. Keyingi 5 ta o‘yinda kataloniyaliklar atigi 1 ochkoni qo‘lga kiritishadi. Bir necha kundan so‘ng esa “Barselona” ikkinchi shartni ham bajaradi. Anonim hisobga talab qilingan pul o‘tkaziladi. Faqatgina bankga o‘sha pulni olib ketuvchilarni kutish qolgan edi, xolos. Jinoyatchi bankka kelgan paytda politsiya uni qo‘lga oldi.  So‘roq qilishdan so‘ng u o‘z sheriklari Saragosadan uzoqda bo‘lmagan Aragonda yashiringanini aytib beradi. 25 mart sanasida politsiya garajga o‘rab oldi. Jinoyatchilardan biri qarshilik ko‘rsatishga urindi va voqea joyida otib tashlandi.  Ikkinchisini esa tutishdi. Garaj ichidagi yamadan esa umuman tanib bo‘lmaydigan ahvolga kelib qolgan Kinini olib chiqishdi.

Ular Kinini yamaga tashlab qo‘yishgandi. Har kuni bitta buterbrod va bir stakan suv berishgan. Garajda Kiniga yoqadigan Xulio Iglesiasning qo‘shiqlari yangrardi. Dastlabki kunlarda futbolchini urishgan, o‘lim bilan qo‘rqitishgan. Ular futbolchini “Barselona”ga o‘tganini hazm qila olishmagan. Uni sotqin deya atashgan.

Butun Ispaniya futbolchini izlash bilan ovvora bo‘ldi. Ertalabki xabarlar izsiz yo‘qolgan futbolchi haqida bo‘lar edi. Uning ozod etilishi butun Ispaniyani xursand qildi. Barselonada Kinini o‘ttiz ming muxlis kutib oldi.

Jinoyatchilar esa 10 yilga ozodlikdan mahrum etildi. Sud etkazilgan zarar uchun jinoyatchilardan 5 mln to‘lashi kerakligini aytdi, ammo Kini bu pullarni olishdan bosh tortdi. U insonparvarlik ko‘rsatdi.Sud zalida ham ularga qarshi ko‘rsatmalarda ehtiyotkorlik bilan javob berdi. O‘ldirilgan jinoyatchining oilasiga yordam berdi. Kini o‘zi umuman sud o‘tishiga qarshi bo‘lgan. Ozod qilinganidan o‘n kun o‘tgach, enrike maydonga qaytdi.

Kini

“Valyadolid”ga qarshi o‘yinda 90 daqiqa harakat qildi. Keyin esa “Almeriya”ga 2 ta to‘p kiritdi. 25 kunlik azobli kunlar uning to‘rtinchi marta Pichichi sovrinini qo‘lga kiritishga to‘sqlinlik qilmadi. Mamlakat kubogida esa sobiq jamoasi “Sporting” ustidan g‘alaba qozonib sovrinni qo‘lga kiritdi. O‘sha o‘yinda Kini dublga erishdi.

Keyingi mavsum esa yanada yaxshiroq bo‘ldi. Kini 26 ta gol muallifiga aylandi. Kini “Barselona”dagi 4 yildan so‘ng Xixonga qaytdi. Xixonliklar uni yaxshi kutib olishdi. U erda ham 3 yil to‘p surgan Enrike 37 yoshida faoliyatini yakunladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Sag'indiq Kenjebaev
18/03/2020 20:33
Мақола учун рахмат
Bahtiyor Mahkamov
18/03/2020 20:05
????????????