
Asror Aliqulov aktual mavzu bo‘lib turgan "Yunired" - "Mash’al" o‘yinidan so‘ng nimalar dedi?
Pro liga 17-turdan o‘rin olgan "Yunired" - "Mash’al" bahsi mehmonlarning 3:2 hisobidagi g‘alabasi bilan yakun topdi. Bellashuvdan so‘ng muborakliklar bosh murabbiyi Asror Aliqulov o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Biz kuchli beshlikka kirishni maqsad qilgandik. Bugungi g‘alaba o‘z-o‘zidan imkoniyatlarimizni oshirardi. O‘yin qiyin o‘tdi, buni hamma ko‘rdi.
Ortda borayotgandik, tenglashtirdik, so‘ngra g‘alabani ilib ketdik. Ushbu ajoyib g‘alabani bosh homiyimiz "Milliy bank"ning 32 yilligiga bag‘ishlaymiz!
Yigitlar ham 3:2 ni 32 ga o‘xshatishayotgandi, bugun ular 3 ochko uchun munosib ter to‘kishdi", - dedi mutaxassis.
Pro Liga “otxonaga” aylandimi? "Yunired" o‘tkazib yuborgan gollar tahlili
Fikrlar