Asror Aliqulov: "Bunday maydon nafaqat "Mash’al"ga, balki boshqa jamoalarga ham qiyinchilik tug‘diradi"

  • 16 oktabr, 2024, 22:03
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Pro liganing 23-turidan o‘rin olgan “Aral” – “Mash’al” (0:0) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Asror Aliqulov fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Tecno

“O‘yin 1-daqiqadan to oxirigacha kurashlarga boy bo‘ldi. Maydon holati, sun’iyligi va to‘p bilan o‘ynashda muammolar bo‘lardi va shunga yarasha tayyorlangandik. Ikkala jamoa g‘alaba uchun kurashdi. Lekin durang qayd etildi. O‘yindan kelib chiqib, durang adolatli bo‘ldi, desak to‘g‘ri bo‘ladi.

Maydonning holati sabab ayrim futbolchilarimizni qoldirdik. Chunki oldin jarohat olgan, sog‘ligida yoki bo‘g‘imlarida muammolari bo‘lgan futbolchilarni bunday maydonda o‘ynatib sog‘ligini xavf ostiga solib qo‘yishimiz mumkin. Bunday maydon nafaqat “Mash’al”ga, balki boshqa jamoalarga ham qiyinchilik tug‘diradi.

Sportda hamma o‘z oldiga aniq vazifalarni qo‘yadi. Biz ham tayyorgarlik ko‘rib, g‘alaba qozonish vazifasini qo‘yamiz. Homiyimiz qo‘llab-quvvatlaydi. Maqsadimiz doim muxlislarimizni xursand qilish”, - deydi Asror Chorievich.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!