Assalom Parij! Bugun Ispaniyaga qarshi o‘ynaymiz!

  • 24 iyul, 2024, 01:22
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 2
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Bugun o‘zbekistonlik sportchilar Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlaridagi ishtirokini boshlaydi. Aniqrog‘i, Frantsiya poytaxtidagi muhtasham "Park de Prens" o‘yingohida Timur Kapadze boshchiligidagi Olimpiya terma jamoamiz Ispaniyaga qarshi guruh bosqich ilk uchrashuvini o‘tkazadi. Ushbu bahs Toshkent vaqti bilan soat 18:00 da start oladi.

Terma jamoamiz bugungi bahsni to‘liq oq rangli libosda o‘tkazadi. Uchrashuvni esa afrikalik hakamlar brigadasi boshqarib boradi. Bosh hakam — Beida Dahane (Mavritaniya), unga qanotlarda Jerson Santos (Angola) va Stefan Yiembe (Keniya) yordam beradi. 4-rasmiy hakam vazifasi Dryuv Fischerga (Kanada) topshirilgan. Lahlo Benbraham (Jazoir) esa VAR'da faoliyat olib boradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
АНГЕЛ СТАРТ
24/07/2024 20:08
Биринчи таймда биринчи булиб гол уришга керак эди.хатоларимиз бор буни 2-чи ва 3-чи уйнда хал килиш керак.
Абдухаликов Мухаммад
24/07/2024 11:37
Омад Узбекистонга