"Astana Barysy Grand Slam". Bugun 5 nafar dzyudochimizga muxlislik qilamiz
Qozog‘istonning Astana shahrida dzyudo bo‘yicha "Katta Dubulg‘a" turkumiga kiruvchi turnir davom etmoqda.
Mukofot jamg‘armasi 154 000 evroni tashkil qiluvchi Barysy Grand Slam 2024 musobaqasida dunyoning 5 qit’asi 87 davlatidan jami 455 nafar (238 erkak, 217 ayol) dzyudochi ishtirok etmoqda. Ular orasida O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari ham bor.
Bugun o‘rta vazn toifasida bellashuvlar tashkil etiladi va unda 5 nafar dzyudochimiz medallar hamda Parij-2024 Olimpiadasi yo‘lidagi qimmatli ochkolar uchun tatamiga chiqadi.
Dzyudochilarimizning ilk raqiblari:
-70 kg: Gulnoza Matniyazova — Fidan Ogel (Turkiya)
-70 kg: Shohista Nazarova — Eboni Drisdeyl (Yamayka)
-73 kg: Muhammadyahyo Mahammadjonov — Musa Shabdanbekov (Qirg‘iz Respublikasi)/Dastan Shayaxmetov (Qozog‘iston)
-81 kg: Sharofiddin Boltaboev — Teodoros Demursidis (Gretsiya)/Dominik Ressel (Germaniya)
-81 kg: Nurbek Murtazoev — Madi Amangeldi (Qozog‘iston)/Alan Xubetsov (AIN)
Ma’lumot uchun, Astana "Katta Dubulg‘a" turniri Abu-Dabi shahri mezbonligidagi jahon chempionati hamda Parij-2024 Olimpiadasi oldidan o‘tkazilayotgan so‘nggi IJF musobaqasi hisoblanadi.



Fikrlar