
"Aston Villa" futbolchisi MYuning yozdagi asosiy transfer maqsadiga aylanishi mumkin
"Manchester Yunayted" "Aston Villa" yarim himoyachisi Jek Grilishga qiziqish bildirmoqda.
Birmingham Mail nashri ma’lumotiga ko‘ra, "qizil iblislar" 24 yoshli angliyalik futbolchini qishda qo‘lga kiritish oson bo‘lmasligini tushungan holda, uni yozgi transfer oynasi uchun asosiy maqsad qilib belgilab olishdi.
Manbaga ko‘ra, MYu Grilishni jamoaning bo‘lajak etakchisi sifatida ko‘rmoqda.
Joriy mavsumda angliyalik APL bahslarining 22 tasida maydonga tushib 7 gol va 5 gollik pas muallifini bo‘ldi.
Fikrlar