
"Aston Villa" "Roma" hujumchisini o‘z tarkibiga qo‘shib olmoqchi
"Aston Villa" hujum chizig‘ini kuchaytirish maqsadida strayker sotib olishni maqsad qilgan. Klub radariga "Aston Villa" vakili Temmi Abaraxam ham tushdi, deya xabar bermoqda "Football Insider" nashri.
Ma’lum bo‘lishicha, ushbu transferni jamoa bosh murabbiyi Unai Emeri istamoqda. U Abraxamning APLdagi tajribasidan foydalanmoqchi.
Eslatib o‘tamiz, Temmi ayni paytda jarohat sabab rimliklarga yordam bera olmayapti. U 2024 yilda safga qaytadi. Shu sababli, "Roma" "Bayer"dan Sardar Uzmunni o‘z tarkibiga qo‘shib olgan.
Fikrlar