«Aston Villa» Uotkinsga yangi shartnoma taklif qildi
«Aston Villa» klubi hujumchi Olli Uotkinsni jamoadа saqlab qolish niyatida. Bu haqida The Athletic nashri xabar berdi.
Manba ma’lumoticha, «lvlar» bosh murabbiyi Unai Emeri yozgi transfer oynasida Uotkinsni sotish rejasida emas. Avvalroq hujumchi klub bilan shartnomani uzaytirishdan bosh tortgani aytilgan edi, ammo «Aston Villa» unga yangilangan taklif taqdim etgan.
Olli Uotkinsga Saudiya Arabistonining «Al-Hilyal» klubi ham jiddiy qiziqish bildirayotgani qayd etilmoqda. Shu bilan birga, birmingemliklar hujumchini qo‘yib yuborishga ko‘ndira olish klub uchun juda qiyin bo‘lishi ta’kidlanadi. Futbolchining o‘zi esa hozircha kelajagi borasida qat’iy qaror qabul qilmagan, ammo turli variantlarni ko‘rib chiqishga tayyor.
O‘tgan mavsumda 30 yoshli Uotkins barcha musobaqalar doirasida 55 o‘yinda maydonga tushib, 21 ta gol urdi va 5 ta golli uzatma muallifiga aylandi.

Fikrlar