"Aston Villa" yulduzi "Fenerbahçe" bilan shartnoma bo‘yicha kelishdi
"Aston Villa" klubi hujumchisi Olli Uotkins yaqin vaqtlarda Turkiya chempionatiga yo‘l olishi mumkin.
Turkiyaning Sabah nashri xabar berishicha, 30 yoshli forvard "Fenerbahche" bilan shaxsiy shartnoma borasida kelishuvga erishgan. Tomonlar uch yillik bitim yuzasidan kelishib olgani, Uotkins yiliga 9 million yevro maosh olishi ko‘zda tutilgani aytilmoqda.
"Aston Villa2 o‘z hujumchisini 35 million yevro evaziga qo‘yib yuborishga tayyor. Biroq "Fenerbahche" transfer summasini 25 million yevro atrofigacha tushirishga harakat qilmoqda.
2025/26 yildgi mavsumda Uotkins barcha musobaqalarni hisobga olgan holda 55 ta uchrashuvda maydonga tushdi, 21 ta gol urdi va 5 ta golli uzatma muallifiga aylandi.
Futbolchining amaldagi shartnomasi "Aston Villa" bilan 2028 yilgacha mo‘ljallangan.

Fikrlar