
"Atalanta" "Bavariya"ning natijasini yangilashi mumkin
"Atalanta" Italiya chempionati 33-turi doirasida "Breshiya"ni qabul qilib, yirik hisobda g‘alaba qozondi.
Jan Pero Gasperini shogirdlari A Seriyaning joriy mavsumida 33 ta o‘yinda 93 ta gol kiritdi. Bu Evropa top-5 chempionatlaridagi ikkinchi natija hisoblanadi.
"Bergamoliklar"dan faqatgina 34 ta o‘yinda 100 ta gol kiritishni uddalagan "Bavariya" oldinda bormoqda.
Ma’lumot o‘rnida, A Seriyaning qolgan grandlari "Yuventus" 67 ta, "Inter" va "Latsio" 68 tadan gol kiritgan.
Fikrlar