
"ATF Championship 12" turnirining to‘liq "fayt-kard"i bilan tanishing! (Foto)
Yurtimizda birinchilardan bo‘lib tashkil etilgan "ATF Championship" promousheni 17 iyul kuni o‘zining 12 turnirini tashkil etadi. Mazkur jang kechasi Buxoro shahrida joylashgan "Turon" mehmonxonasida bo‘lib o‘tadi.
Ma’lumki, ushbu promoushenda nafaqat MMA balki professional kikboksing bo‘yicha janglar ham o‘tkaziladi. Bu galgi turnirda ham yurtimizning ko‘zga ko‘ringan MMA jangchilari hamda kikboksingchilar oktagonga ko‘tariladi. Jumladan, og‘ir vazn toifasi vakili Azamat Nuftillaev, Sharif Kushaev, Nodir Ahadjonovni aytib o‘tish mumkin. Shuningdek, xorijdan yuqori saviyali sportchilar ham taklif etilgan.
Bugunga kelib, to‘liq "fayt-kard" ma’lum bo‘lib ulgurgan. Quyidagi foto orqali barcha juftliklar bilan tanishishingiz mumkin.
Fikrlar