"ATF Championship 8" turniri Andijonda bo‘ladi. "Fayt-kard"ning bir qator juftliklari ma’lum

  • 19 fevral, 2022, 13:50
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

Yurtimizda birinchilardan bo‘lib tashkil etilgan "ATF Championship" turnirining navbatdagi sakkizinchi turniri qachon va qaerda bo‘lishi ma’lum bo‘ldi. 

Tecno

O‘zbekiston yakkakurash olamining yorqin vakili, O‘zbekiston MMA assotsiatsiyasi vitse-prezidenti Muzaffar Radjabov asos solgan ushbu promoushen hozirga kelib, 7 ta jang kechasini turli viloyatlarda tashkil etdi. Jumladan, Buxoro, Samarqand, Toshkent shahri ajoyib jang kechalariga mezbonlik qildi. 

Sports.uz saytiga ma’lum bo‘lishicha, navbatdagi  "ATF Championship 8" turniri 5 mart kuni Andijon shahrida bo‘lib o‘tadi. Ma’lumki, ushbu promoushenda nafaqat MMA balki professional kikboksing bo‘yicha ham janglar tashkil etiladi. 

dil_1

Hozirga kelib, "fayt-kard"dan o‘rin olgan bir nechta janglar ma’lum bo‘lib ulgurgan. Jumladan, professional kikboksing bo‘yicha yurtdoshimiz Mavlonbek Qahhorov yana bir hamyurtimiz Nodir Xayriddinovga qarshi jang qilsa, MMA bo‘yicha 70 kg vaznda o‘zbekistonlik Husanboy Atabaev qozog‘istonlik Dulat Seydakbarga qarshi, 61 kgda Dildorbek Nurmatov tojikistonlik Amirxon Ataxonov bilan jang qiladi.

Shuningdek, 84 kgda Ikrom Bobomurodov - Bekten Jeenbekov, Jamshid Ergashev (O‘zbekiston) - Sanjar Baxronov (O‘zbekiston), Mavlonbek Mirkomilov (O‘zbekiston) - Sindor Nurullaev (O‘zbekiston), Mirolim Mirzadinov (O‘zbekiston) - Jahongir Abduvohidov (O‘zbekiston) kabi juftliklar ma’lum bo‘lib ulgurgan. Tez orada to‘liq kard borasida ham ma’lumot beramiz. Voqealar rivojini bizda kuzatib boring!

dil1

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!