
"Atletik" prezidenti: "U muvaffaqqiyatsizligimizga qaramay Nikoni tabrikladi"
"Atletik" prezidenti "Barselona"ning Niko Uilyamsni sotib olishga urinishlari haqida gapirdi. Eslatish joiz, "blaugrana" so‘nggi transferlar oynasida "Atletik"ning yosh vingeri haridi ustida rosa harakat qilgan edi.
24 avgust kuni La Liganing 2-turidan o‘rin olgan "Barselona" - "Atletik" (2:1) uchrashuvidan so‘ng esa, kataloniyaliklar bosh murabbiyi Xans-Diter Flik Niko Uilyamsni tabrikladi:
“Yoz davomida uning bayonotlari juda oddiy va hurmatga sazovor edi. Chunki Flik Niko haqida faqat boshqa klub futbolchisi sifatida gapirdi.
O‘yin oxirida quchoqlashib ko‘rishganidan esa, tabiiyki hayron bo‘ldim. Ammo matbuot anjumanida u Nikoni Evro yutgani bilan tabriklayotganini aytdi. O‘ylaymanki, men ham agar Flikning o‘rnida bo‘lganimda shunday qilgan bo‘lardim", - dedi Jon Uriarte.
Fikrlar