
"Atletik"ning sobiq futbolchisi yapon klubiga o‘tdi
“Atletik” Bilbao klubi sobiq yarim himoyachisi Markel Susaeta faoliyatini Yaponiya chempionatida davom ettiradigan bo‘ldi. Aniqrog‘i, 31 yoshli futbolchi “Gamba Osaka” klubi bilan shartnoma imzoladi.
Ma’lumot uchun, Susaeta “Atletik” safida 2017 yildan buyon to‘p surib kelayotgan edi. U o‘tgan mavsum La Ligada 22ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 1ta gol hamda 2ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
“Gamba Osaka” esa ayni damda Yaponiya J ligasida 14-pog‘onada bormoqda. Ushbu klub ortda qolgan 25ta turdan so‘ng 28 ochko jamg‘argan.
Fikrlar