
"Atletiko" Alvares transferini amalga oshirishga yaqin turibdi
"Atletiko" bu yozda "Manchester Siti"dan Xulian Alvaresni o‘z safiga qo‘shib olishga harakat qilmoqda. Bu transferni amalga oshirishga "matraschilar" yaqin kelmoqda, deya xabar berdi insayder David Ornshteyn.
Hali tomonlar to‘liq kelishib olishmagan, lekin to‘lov summasi bo‘yicha muzokaralar davom etmoqda. Argentinalik hujumchi manchesterliklarni tark etishni istamoqda. Bu esa Madrid klubini tezlashtirdi va ushbu xaridni amalga oshish ehtimoli yuqoriladi.
Alvares ikkinchi raqamli bo‘lishni istamayapti. Jamoaning asosiy hujumchisi Erling Xoland bo‘lib qolganidan keyin Yulian boshqa klubda o‘ynab ko‘rishni xohlayapti. Kurashda PSJ ham bor edi. Ammo 24 yoshli futbolchi taklifni rad qilib, "Atletiko"ni tanladi. Endi "Matraschilar" muzokaralarni yakuniga etkazib qo‘yishi kerak bo‘ladi.
"Atletiko"ni ispaniyalik yosh hujumchi Samu Omorodin tark etishi kutilmoqda. Uni "Chelsi" o‘z safiga qo‘shib olish uchun harakat qilyapti. Uning jamoadan ketishi "Atletiko"ga 35 million evro olib kelishi va shundan keyin Alvaresni klub o‘z tarkibiga qo‘shib olishi mumkin bo‘ladi.
Argentina terma jamoasi a’zosi yakuniga etgan mavsum "Manchester Siti" tarkibida 54 ta o‘yinda maydonga tushib, 32 ta golda ishtirok etdi.
Fikrlar