"Atletiko" Diego Kostani transferga qo‘ymoqchi
“Atletiko” klubi rahbariyati hujumchi Diego Kostani yana transferga qo‘ymoqchi. Mundo Deportivo nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, 30 yoshli ispaniyalik hujumchini sotish fikri Madrid klubi direkktorlar uyushmasidan chiqqan.
“Atletiko” ustozi Diego Simeone rahbariyatning bu qarorini qo‘llab-quvvatlamagan. Kostaning klub bilan tuzgan shartnomasi 2021 yil 30 iyunida yakuniga etadi. Hozirda uning transfer narxi 40 million evroga baholanmoqda.
Kosta bu mavsum “Atletiko” safida 21 o‘yinda 5 gol va 5 golli uzatmaga mualliflik qilgan.
Fikrlar