
"Atletiko" forvardi "Milan"ga o‘tadi
"Atletiko" Madrid forvardi Anxel Korrea faoliyatini Italiya A Seriyasida davom ettirishga juda yaqin turibdi.
Sky Sport Italia nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 24 yoshli argentinalik futbolchi “Milan”ga o‘tadi. “Rossonerilar” bu borada “matraschilar” bilan deyarli kelishuvga erishib bo‘lishgan. Unga ko‘ra Italiya grandi Korreaning transferi uchun madridliklarga 50 mln evro to‘laydi.
Ma’lumot uchun, Korrea o‘tgan mavsum La Ligada 36ta o‘yinda maydonga tushdi va 3ta gol hamda 2ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar