“Atletiko” Godin o‘rniga himoyachi topdi
“Sampdordiya” himoyachisi Yoakim Andersen yozgi transfer mavsumida Ispaniya La Ligasiga ko‘chib o‘tishi mumkin, deya xabar bermoqda AS.
Manbada keltirilishicha, 22 yoshli himoyachisiga Madridning “Atletiko” klubi tomonidan jiddiy qiziqish bildirilmoqda. “Matraschilar” yozda “Inter”ga yo‘l olayotgan Diego Godin o‘rniga Andersenni taklif qilishmoqchi.
Avvalroq ushbu futbolchiga “Tottenxem”dan qiziqish bo‘lgan va “shporlar” Andersen transfer bahosini 40 million evro deya baholagan edi.

Fikrlar