
"Atletiko" himoyachisi operatsiya qilindi
"Atletiko" o‘ng qanot himoyachisi Kiran Tripper fevral oyi davomida jamoasiga yordam bera olmaydi.
Ispan nashrlari xabariga ko‘ra, Angliya terma jamoasi futbolchisi kecha operatsiya qilingan. Uning tiklanishi uchun taxminan bir oy talab qilinadi.
Shunday qilib, Tripper UEFA chempionlar ligasi doirasida "Liverpul"ga qarshi bo‘ladigan o‘yinni o‘tkazib yuboradi.
Oldinroq, "matraschilar" hujumchisi Alvaro Morata ham jarohat sabab "qizillar"ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuborishi ma’lum bo‘lgan edi.
Fikrlar