"Atletiko" hujumchisi APL klubidan bo‘lgan taklifni rad etdi

  • 5 yanvar, 2020, 12:55
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Mavsumni “Roma”da ijarada o‘tkazayotgan “Atletiko” forvardi Nikola Kalinich APL klubiga o‘tishni xohlamadi.

Tecno

Tuttomercatoweb nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 32 yoshli xorvatiyalik futbolchi “Nyukasl”dan bo‘lgan taklifni rad etgan.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Kalinich “Jenoa” va “Verona” kabi A Seriya klublariga o‘tishni ham xohlamagan edi. O‘z navbatida “Roma” ham Kalinichning xizmatlaridan voz kechib u bilan tuzilgan ijara shartnomasini bekor qilmoqchi.

Ma’lumot uchun, Kalinich joriy mavsum “Roma” safida A Seriyada bor yo‘g‘i 4 ta o‘yinda maydonga tushdi xolos.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!