"Atletiko" hujumchisi faoliyatini "Roma"da davom ettiradi
Klub rasmiy sayti tarqatgan xabarga ko‘ra, "bo‘rilar" 31 yoshli hujumchini 2 mln evro evaziga bir mavsumga ijaraga oldi. Italiyaliklarda uni 9 mln evro evaziga sotib olish huquqi ham bo‘lishini qayd etish joiz.
Ma’lumot uchun, xorvatiyalik forvard "matraschilar" safida o‘tkazgan bir mavsum davomida La Ligada 17 ta bahsda ishtirok etib 2 ta to‘p kiritishga erishdi. U bunga qadar "Fiorentina" va "Milan" kabi jamoalar sharafini himoya qilgan.
Fikrlar