«Atletiko» hujumchisini 150 millionga sotishga tayyor
«Atletiko» hujumchi Julian Alvaresni sotish bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor. Madrid klubi rahbariyati uning transferi uchun kamida 150 million yevro talab qilmoqda.
Alvaresga eng jiddiy da’vogarlardan biri sifatida «Arsenal» tilga olinmoqda. Shu bilan birga, «Atletiko» rahbarlari londonliklar bunday yuqori miqdorni taklif qilishi qiyin, degan fikrda.
Shunisi qiziqki, hujumchining «Barselona» yoki «Real» safiga o‘tishi varianti mutlaqo inkor etilgan.
Ilgariroq «Real» iyun oyida futbolchiga qiziqish bildirgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Julian Alvares esa klub rahbariyati bilan suhbatda o‘zining «Barselona»ga o‘tish istagini ochiq aytgan. «Arsenal» bilan ehtimoliy kelishuv ham faqat futbolchining shaxsiy roziligidan keyingina amalga oshishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Jahon chempionati–2026 paytida Argentina terma jamoasi hujumchisi omma oldidayoq hozirgi klubini tark etish niyati borligini ma’lum qilgan edi.

Fikrlar