"Atletiko" Kostaga xaridor topolmayapti

  • 20.09.2020 22:35
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Atletiko" forvardi Diego Kosta yangi mavsumni ham “matraschilar” safida o‘tkazishi mumkin.

AS nashri tarqatgan xabarga qaraganda, 31 yoshli ispaniyalik futbolchining transferi bo‘yicha “matraschilar”ga hech qanday taklif kelib tushmagan. Madridliklar Kostaning transferidan tushadigan pulni "Barselona" forvardi Luis Suares yoki PSJning sobiq hujumchisi Edinson Kavanini sotib olishga sarflashni rejalashtirayotgan edi.

Kosta “Atletiko” safida jami 208 ta o‘yinda maydonga tushgan va 81 ta gol hamda 36 ta golli uzatmaga mualliflik  qilgan. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!