"Atletiko" Madrid qishda o‘z himoyachisi bilan xayrlashadi

  • 21.12.2022 12:36
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Jurnalist Fabritsio Romanoning xabar berishicha, Ispaniyaning "Atletiko" klubi futbolchisi Felipe qishda jamoadan ketmoqchi. 33 yoshli futbolchi uchun Braziliyaning bir qator jamoalari va Angliyaning "Vulverxempton" klubi xaridor.

Madridliklar yanvar oyida futbolchini sotish niyatida. Sababi, u bosh murabbiy Diego Simeonening rejalariga kiriitilmagan.
Joriy mavsumda Felipe "Atletiko"ning 3 ta uchrashuvida qatnashdi, xolos.

Eslatib o‘tamiz, braziliyalik markaziy himoyachi 2019 yilning yozidan beri Madridda o‘ynamoqda va uning shartnomasi 2023 yilning iyun oyi oxirida yakunlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!