
"Atletiko" MLS yulduzlariga qarshi o‘ynaydi
Joriy yilning 31 iyul kuni MLS yulduzlari ishtirokida bo‘lib o‘tadigan o‘yinda qaysi futbolchilar ishtirok etishi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda liga rasmiy tvitteri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra o‘yinda ishtirok etadigan barcha futbolchilar muxlislar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnoma yakunlariga ko‘ra aniqlab olingan. E’tiborlisi, ular orasidan Zlatan Ibragimovich, Nani va Ueyn Runi kabi yulduzlar joy olgan.
MLS yulduzlari terma jamoasining raqibi "Atletiko" Madrid bo‘ladi.
MLS yulduzlari terma jamoasi: Guzan, Zusi, Gonsales Pires, Tsimmerman, Dos Santos, Martines, Barko, Nani, Runi, Vela, Ibragimovich.
Fikrlar