"Atletiko" prezidenti: Bu yil hech kim Grizmanndan yaxshiroq o‘ynay olmadi
Madridning "Atletiko" klubi prezidenti Enrike Sereso bu yilgi “Oltin to‘p”ga “matraschilar” hujumchisi Antuan Grizmann munosibligini ta’kidlab o‘tdi.
“Grizmann “Oltin to‘p”ga nomzodlarning kuchli uchligiga ham kira olmasligi haqidagi gap-so‘zlarga ishonmayman. Agar shunday bo‘lsa, men qattiq g‘azablanaman. Grizmann – “Oltin to‘p” uchun asosiy da’vogar. Bu yil hech kim undan yaxshiroq o‘ynay olmadi", - deydi Sereso.
Ma’lumot uchun, 27 yoshli frantsiyalik futbolchi joriy yil “Atletiko” safida UEFA Evropa ligasi va UEFA Superkubogida zafar quchdi, shuningdek Frantsiya terma jamoasi bilan jahon chempionligini qo‘lga kiritdi.
Ma’lumot uchun, 12ta uchrashuvda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 3ta gol hamda 4ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar