"Atletiko" tartibsizlikda qatnashgan muxlisni umrbod diskvalifikatsiya qildi

  • 30 sentabr, 2024, 23:46
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Atletiko" Madrid La Liganing 8-turidan o‘rin olgan hamshahari "Real"ga qarshi o‘yinda yuzaga kelgan tartibsizlik tashabbuskorlaridan birini aniqlashga muvaffaq bo‘ldi. Muxlis raqib darvozaboni Tibo Kurtuaga turli buyumlarni uloqtirdi.

Tecno

“Klub politsiya tomonidan derbi paytida maydonga turli narsalarni uloqtirgani aniqlangan shaxsni o‘z uy uchrashuvlariga kirishdan umrbod chetlashtirishga qaror qildi. “Matraschilar” xavfsizlik departamenti hozirda qolgan ishtirokchilarni aniqlash uchun politsiya bilan ishlashda davom etmoqda. Ular ham aniqlangandan keyin umrbod chetlashtiriladi”, - deyiladi “Atletiko” bayonotida.

Eslatib o‘tamiz, Madrid derbisining ikkinchi bo‘limi tartibsizliklar tufayli 15 daqiqaga to‘xtatilgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!