
"Atletiko" ustidan qozonilgan g‘alaba "Real" ustozi uchun muhim ahamiyat kasb etdi
Ispaniya La Ligasi 17-turida "Madrid derbisi" bo‘lib o‘tdi. Unda "Real" printsipial raqibi "Atletiko"dan ustun keldi.
Bu "qirollik klubi" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti uchun "matraschilar" ustidan qozonilgan La Ligadagi ilk g‘alaba sifatida tarixga kirdi. Italiyalik mutaxassis uchun muhim ahamiyat kasb etgan bahsda "qaymoqranglilar" ishonchli hisobda zafar quchdi, 2:0.
Bungacha Anchelotti shogirdlari "Atletiko" bilan ichki chempionatda 4 bor to‘qnash kelgan. Mazkur bellashuvlarda tomonlar 1 bor murosa ko‘chasini tanlagan bo‘lsa, 3 marta "Atletiko" g‘alaba qozongan.
Ma’lumot uchun, Anchelotti avval "Real" boshqaruvida Ispaniya kubogi, shuningdek Chempionlar ligasida "Atletiko"dan ustun kelgan.
Fikrlar