
"Atletiko" va "Barselona" o‘zaro super futbolchilarini almashishlari mumkin
"Barselona" va "Atletiko" yaqinlashib kelayotgan yozgi transferlar davrida o‘zaro futbolchi almashtirishlari mumkin.
Ispan nashrlarining xabar berishicha kataloniyaliklar frantsuz hujumchisi Antuan Grizmann evaziga "matraschilar"ga o‘zlarining braziliyalik vingeri Filippe Koutinoni berishmoqchi. Ta’kidlash kerakki, har ikkala futbolchi ham ushbu kelishuvga rozi. Biroq, Madrid klubining bu boradagi qarashlari qanday ekanligi ma’lum emas.
Ma’lumot uchun, 28 yoshli Grizmann joriy mavsum 47ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 21ta gol hamda 10ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. 26 yoshli Koutino esa 53ta o‘yinda ishtirok etib, 11ta gol va 5ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Fikrlar