"Атлетико" Xulian Al'varesning kelajagi bo'yicha bir qarorga keldi

  • 15.05.2026 00:47
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Taniqli jurnalist Matteo Moretto "Atletiko" hujumchisi Xulian Al’varesning kelajagi haqida ma’lumot berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Madrid klubi argentinalik futbolchini jamoada olib qolishni istamoqda. Al’varesning o‘zi ham Madriddagi hayotidan mamnun va hozirda tomonlar yangi shartnoma bo‘yicha muzokaralarni davom ettirmoqda.

"Futbolchi sovrinlar yutishni xohlaydi va “Atletiko” tarkib hamda natijalar borasida o‘sishi kerak. Agar u ketmoqchi bo‘lsa, buni ochiq aytishi lozim. Hozircha hech bir klub “Atletiko” bilan aloqaga chiqqan emas, ammo unga PSJ va “Barselona” qiziqish bildirmoqda.

Transfer summasi 100–130 million yevro atrofida bo‘lishi mumkin. Shuningdek, PSJ yoki “Barselona” kelishuvga futbolchilarini ham qo‘shishi ehtimoldan holi emas", — dedi Moretto "Radio Marca" efirida.

26 yoshli Xulian Al’varesning "Atletiko" bilan shartnomasi 2030 yilning o‘rtasigacha amal qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!