“Atletiko” yangi rekord ostonasida turibdi
Madridning “Atletiko” klubi Ispaniya La ligasi 14-turidan o‘rin olgan “Real Sosedat”ga qarshi bahsda 2:1 hisobida g‘alabaga erishdi.
Shu tariqa, Diego Simeone shogirdlari Ispaniya chempionatidagi ketma-ket 18-mag‘lubiyatsiz o‘yinlarini o‘tkazishdi.
Bunga qadar “matraschilar” bunday natijani 1940-41 va 1990-91 yillarda qayd etishgan edi.
Agarda, 15-turda ham madridliklar mag‘lub bo‘lishmasa, o‘zlarining shaxsiy rekordlarini yangilashadi.

Fikrlar