
"Atletiko"da koronavirus yuqtirib olganlar soni yana bittaga ko‘paydi
"Atletiko" hujumchisi Mussa Dembelening koronavirus uchun topshirgan testida ijobiy javob olindi. Bu haqida klub rasmiy matbuot xizmati xabar bermoqda.
24 yoshli futbolchi karantinga olingan. Oldinroq, Joau Felish, Yannik Karrasko va Mario Ermosoda koronavirus aniqlangan edi.
Bundan tashqari, joriy mavsumda Luis Suares, Lukas Torreyra, Xose Ximenes va Ibo Gribich ham koronavirusdan davolangandi.
Dembele qishki transfer oynasi vaqtida "Lion"dan mavsum so‘nggigacha ijaraga olingan, biroq ortda qolgan davr mobaynida 24 yoshli futbolchi "matraschilar" tarkibida maydonga tushgani yo‘q.
Fikrlar