
"Atletiko"ga turk futbolchisi kerak
"Milan" yarim himoyachisi Xakan Chalxanoglu jamoasini o‘zgartirishi mumkin.
Calciomercato nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, 26 yoshli turkiyalik futbolchiga "Atletiko"dan jiddiy qiziqish paydo bo‘lgan. Uning "rossonerilar" bilan amaldagi shartnomasi mavsum so‘nggida o‘z nihoyasiga etadi. Shu sababli, u yangi jamoaga erkin agent sifatida yo‘l olishi mumkin.
Chalxanoglu joriy mavsum “Milan” safida 11 ta o‘yinda maydonga tushdi va 4 ta gol hamda 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning transfer narxi 30 million evroga baholanmoqda.
Fikrlar